Hook

Their other posts in the index, biggest breakout first.
Sun'iy intellekt o'zi nima? Keling, uni oddiy savoldan boshlaymiz. Bu savol, agar mashina odamdek gapirsa, uni aqlli deyish mumkinmi? Shu savoldan boshlab sun'iy intellekt fani paydo bo'lgan. Shu bilan 2015-yilga kelib OpenAI kompaniyasi tashkil topdi va buni natijasida AI faqat olimlar uchun degan davrni buzib tashladi. Bugungi kunda AI kod yozishda ham, biznesda ham, o'qishda ham hayotimizni har bitta jabhasiga kirib keldi va uni juda ham tez rivojlantirib yubordi. Uni ishlash tizimi qanaqa? Agar sizni kompyuteringizdagi ma'lumotlarni oladigan bo'lsak, sizni o'zingizga faqat o'zingizdagi kompyuterdagi ma'lumotlarga dostup bor. A sun'iy intellektda bo'lsa, dunyodagi barcha kompyuterlardagi ma'lumotlarga dostup bor desa ham bo'ladi. Ya'ni u hamma ma'lumotlarni yig'ib turib, sizga o'sha ma'lumotlardan kelib chiqib javob beradi. Bu degani siz bittagina prompt orqali butun dunyodagi ma'lumotlardan o'zingizga kerakli ma'lumotni saralab olish imkoniyatingiz bor bo'ladi. Va eng asosiysi shundaki, sun'iy intellekt bizni har bitta yozgan promptimiz orqali o'zini o'zi rivojlantiradi. Yana ham sodda qilib tushuntirsam, qizingiz yoki yigitingiz bilan urishib qolganingizda, dardimizni sun'iy intellektga aytsangiz, u sizdan emotsiyalar bilan qanaqa qilib ishlashni o'rganib oladi. Bir xillar endi sun'iy intellekt bilan polniy sevishib ham yuribdi-da, sun'iy intellekt shundan o'rganadi-da emotsiyalar bilan ishlashni. Mana shu videoni ChatGPTga dardini aytadigan yaqinlaringlarga yuborib qo'ying.